Ariza berib, pulni kiritganimdan keyin uni qaytarib olsam boʻladimi?

Oʻtkazmaga ariza berib, pul kiritganingizdan keyin ham muayyan holatlarda pulni qaytarib olish mumkin. Quyidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqing.

Quyidagi hollarda pulni qaytarishni soʻrashingiz mumkin.

1. Oʻtkazmani amalga oshirib boʻlmaydigan holat yuzaga kelganda

  • Qabul qiluvchi bank yoki qabul qiluvchi maʼlumotlari notoʻgʻri kiritilgan boʻlsa-yu, ularni tuzatish imkoni yoki boshqa qabul qilish usuli boʻlmasa

2. Oʻtkazma kechikkanda

  • Mijoz aybi boʻlmagan holda, belgilangan hisobga pul kiritilgan kundan boshlab 15 kun ichida oʻtkazma yakunlanmagan boʻlsa

3. Tartibga solish va muvofiqlik talablari

  • Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash yoki oʻtkazmalar boʻyicha muvofiqlik talablariga koʻra qabul qiluvchi bank yoki SentBe hamkori oʻtkazmani amalga oshirib boʻlmaydi deb topsa

Pulni qaytarish qiyin boʻlgan holatlar

  • Mijoz qabul qiluvchi maʼlumotlarini notoʻgʻri kiritgani sababli pul bank yoki elektron hamyonga (E-wallet) oʻtkazib boʻlingan boʻlsa

  • Bunday holatda pulni qaytarish qiyin, biroq SentBe oʻtkazilgan summani qaytarib olishda qoʻlidan kelgancha yordam beradi.

Pulni qaytarish usuli

  • Qaytariladigan summa SentBe Wallet ga oʻtkaziladi.

  • Oʻtkazma komissiyasi qaytarilishi yoki qaytarilmasligi qaytarish usuli va vaziyatga qarab farq qilishi mumkin.